Loyiha haqida
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Innovatsion rivojlanish agentligi o‘rtasida tuzilgan AL-9124093734-sonli «Sudochye–Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida ushbu platforma ishlab chiqilgan.
Loyiha «Sudochye–Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida uchraydigan noyob va endem o‘simlik turlarini o‘rganish, ularning tarqalish hududlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy GIS texnologiyalari asosida elektron platforma yaratishga qaratilgan ilmiy-amaliy tashabbus hisoblanadi. Loyiha doirasida qo‘riqxona florasidagi kamyob va endem turlar to‘liq ro‘yxatga olinadi, fotoalbom va raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
